Xayrli kech, fanatdosh!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tafsiya etamiz
Stefano Pioli — "Milan"ning yangi murabbiyi nimanidir qoyillatganmi?

Bugun “Milan”ga yangi murabbiy tayinlandi — Stefano Pioli. Nomdor emas. Shuning uchun muxlislar bundan norizo bo'lishdi. Xo'sh, aslida, Piolining karerasi qanday? U bundan oldin nimanidir qoyillatganmi?

FUTBOLChI SIFATIDA

Stefano Pioli faoliyatini “Parma”da boshlagan. Ikki mavsumdan keyin esa “Yuventus”ga o'tgan. Turin klubi safida u Italiya chempionligi, UEFA Chempionlar kubogi va Qit'alararo kubokni qo'lga kiritgan. Ammo klub safida maydonga juda kam tushgan.Keyin esa “Verona”, “Fiorentina” klublarida 6 yil o'ynagan. Pioli faoliyatini yakunlash arafasida “Padov”, “Pistoyeze”, “Forentsuola” hamda “Kolorno” jamoalarida o'ynashga ham ulgurgan.

MURABBIY SIFATIDA

Piole professional murabbiy sifatida “Bolonya” yoshlar jamoasida ish boshlagan. U 2001 yilda 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Italiya chempionatida g'olib bo'lgan. Keyin esa “Kevo” yoshlar jamoasi safida ishlagan. 2003 yilning iyunida esa B Seriyada “Salernitan” jamoasini boshqargan, uning o'shandagi vazifasi klubni ikkinchi divizionda saqlab qolish edi. Keyingi yili esa Stefano “Modena” klubi murabbiyiga aylanadi. Birinchi mavsumda uning jamiasi B seriyada 8-o'rinni egallaydi. Keyingi yili esa salbiy natijalar tufayli ishdan haydaladi. Ammo uning o'rniga kelgan Mauritsio Vishidi undan-da yomonroq natija qayd etadi. U ketma-ket 3 ta mag'lubiyatdan keyin ishdan ketadi. Natijada Pioli yana “Modena” murabbiyligiga qaytadi va chempionatda 5-o'rinni egallaydi. Jamoa A seriyaga chiqish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etadi, biroq yarim finalda “Mantova”ga yutqazadi.

2006 yilning 6 iyunida Piole A Seriyada “Parma” klubini qabul qilib oladi. 10 sentyabrda birinchi o'yinini “Torino”ga qarshi o'tkazadi (1:1). U klubda himoyaviy taktika — 4-2-3-1ni joriy qiladi, ammo bu samara bermaydi. 2007 yilning 12 fevralida “Roma”dan uchralgan 0:3 hisobildagi mag'lubiyat Piolining “Parma”dan ketishiga sabab bo'ladi. “Parma” Pioli bilan 23 ta o'yinda 15 ochko to'playdi. 2007/08 yillardagi mavsumda Pioli «Grosseto» klubini boshqaradi va 13 ochko to'plab, klubni S Seriyaga tushib ketishdan saqlab qoladi. 2008 yilning iyunida Pioli 10-o'rinda turgan “Pyachentsa”ni qabul qilib oladi. Ammo mavsum yakunida bu jamoadan ham ketadi. 2009 yilning 11 iyunida Pioli “Sassuolo” murabbiyiga aylanadi va B Seriyada 4-o'rinni egallaydi. A Seriyaga chiqish uchun pley-off o'yinlarida esa “Torino”ga mag'lub bo'ladi.

2010 yilning 10 iyunida Pioli “Kevo”ga keladi. 2011 yilning 26 mayida, jamoa A Seriyada o'rnini saqlab qolganida Pioli klubni tark etadi. 2011 yilning 2 iyunida Pioli unga «Roma» va “Sampdoriya” qiziqqan paytda “Palermo”ni tanlaydi va 2 yillik bitim imzolaydi. Ammo 3 oydan so'ng, Evropa Ligasida “Tuna”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqariladi. “Palermo” prezidenti esa bu iste'foni “murabbiy futbolchilarning ishonchini yo'qotdi”, deya izohlaydi.

2011 yilning 4 oktyabrida Piolining navbatdagi ish joyi “Bolonya” bo'ladi. Shartnoma 2013 yilgacha imzolanadi. 2012 yilning 18 mayida Pioli shartnomani 2014 yil yozigacha uzaytiradi. Lekin 2014 yil 7 yanvarda qoniqarsiz natija (A Seriyada 18 turdan so'ng 17-o'rin)dan keyin bo'shatiladi.

Pioli shu yilning 12 iyunida Rimning “Latsio”si bilan 2 yillik bitim tuzadi. 2016 yilning 3 aprelida esa iste'foga chiqadi.

2016 yilning 8 noyabrida Pioli “Inter” murabbiyi bo'ladi. Shartnoma 2018 yil yozigacha tuziladi. Lekin 2017 yilda “Jenoa”ga uchralgan mag'lubiyatdan ikki kun o'tib Pioliga chiqish eshiklari ko'rsatildi.

2017 yilning 6 iyunida Pioli “Fiorentina”ga keldi. 2019 yilning 9 aprelida esa “Frozione”dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) yana Stefanoning iste'fosiga sabab bo'ldi.

2019 yilning 9 oktyabrida esa Pioli “Milan” bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

MENIMChA, TUShUNDINGIZ

Menimcha, tushundingiz. Pioli “Men shunday natija ko'rsatganman”, deya faxrlanadigan natijaga ega emas. Har holda, “Milan”dek klubning bosh murabbiyi bo'lishga arziydigan ish qilmagan. Ehtimol, “Milan”da ishlari yurishib ketar, lekin hozirgi paytda tarkib tajribasizroq bo'lgan bir paytda Pioli “Milan”ga kerak mutaxassis emas edi. Tag'in bilmadim. Xulosa o'zingizdan...

 

Bosh sahifa
Saytimiz Rivoji uchun !!!
Online: 0/82
Statok.netwaplog