Xayrli kech, fanatdosh!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tafsiya etamiz
Messi, Ronaldu va boshqa sudlangan futbolchilar Buyuk Britaniyaga kira olmasliklari mumkin

Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi tufayli ba'zi futbolchi va sportchilarda Birlashgan Qirollikka kirishda muammolar tug'ilishi mumkin.

Gap, masalan, Ispaniyada soliq to'lashdan bosh tortgani uchun shartli qamoq muddati olgan futbolchilar - Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Diego Kosta va boshqa sportchilar haqida ketmoqda.

"Agar siz Evroittifoq fuqarosi bo'lsangiz va sizga hukm o'qilgan yoki muddat berilgan bo'lsa, agar u to'xtatilgan bo'lsa ham Buyuk Britaniyaga kirish taqiqlanadi", - deydi migratsiya masalalri bo'yicha yurist Endi Osborn.

Bu, yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar evrokuboklarning Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyada o'tadigan safar uchrashuvlarida qatnasha olmaydi degani.

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya Evroittifoqdan chiqish haqida muzokara olib bormoqda. Agar Breksit 31 oktyabr kuni hech qanday kelishuvlarsiz amalga oshadigan bo'lsa, bu mamlakatlarga kirish uchun qat'iy talablar qo'yiladi.

Bosh sahifa
Saytimiz Rivoji uchun !!!
Online: 1/73
Statok.netwaplog