Xayrli kech, fanatdosh!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tafsiya etamiz
Yaman bosh murabbiyi: «O'zbekiston haligacha Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri»

Xabaringiz bor, ertaga Osiyo yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Yaman termasini qabul qiladi. Bugun uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Yaman termasi bosh murabbiyi Sami Hasan Al Nash ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tdi.

– Avvalam bor matbuot anjumaniga tashrif buyurganlaringiz uchun rahmat. Ertangi uchrashuv ikki jamoa uchun ham muhim. Raqibga qo'l kelishi bo'lgan jihat, ular o'z muxlislari ko'z oldida maydonga tushadi. Ertaga faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

- So'nggi bor Yaman terma jamoasi O'zbekistonga tashrif buyurganda, ular yaxshigina qarshilik ko'rsatishgan edi. O'sha tarkib bilan hiozirgisi qanchalik farq qiladi?

– Hozirgi tarkibimizda ko'plab yosh futbolchilar bilan tashkil topgan. Hozirgi kunda tarkibimizda tajribali va yosh futbolchilar bor. Tarkibimiz aralash desam ham bo'ladi. Barchasini ertaga ko'rasiz.

– Raqibni yaxshilab o'rganib chiqqansiz, albatta. Sizningcha hozirgi kunda o'zbek futbolining darajasi qanday?

– Avvalambor, savol uchun rahmat. Menimcha, O'zbekiston Osiyodagi eng yaxshi jamoalardan biri. To'g'ri so'nggi vaqtlarda o'yinida biroz pasayish bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin haligacha ular biz uchun jiddiy raqib.

– Yaman terma jamoasi dastlabki ikkita o'yinda 2 ochko olishga erishdi. Ertangi uchrashuvda asosiy maqsad nima? Shuningdek, guruhdagi eng kuchli raqib qaysi?

– Aytishim mumkinki, ertangi uchrashuv ikki jamoa uchun ham muhim. Albatta, O'zbekiston va Saudiya Arabiston terma jamoasi guruhdagi kuchli jamoalar. Biroq, biz ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

– Yaman siyosiy muammolar tufayli  boshqa davlatlarda yig'inlarni o'tkazmoqda. Bu futbolchilarga qanday tasir qilyapti?

– Siz hasiz. Hozirgi siyosiy muammolar tufayli biz yig'inlarni boshqa davlatlarda o'tkazyapmiz. Hozirgi kunda biz mashg'ulotlarni Saudiya Arabistonida o'tkazyapmiz. U erda ham o'zimizni qulay his qilyapmiz, sababi Saudiyada ham kzplab yamanlik muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab turishibdi. To'g'ri, agar biz Yamanda yig'inlarni o'tkazsak yaxshi bo'lardi.

– Bilamizki, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov” safida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Unga nisbatan alohida himoyaviy o'yin uslubi o'ylab topdingizmi?

– Menimcha, raqib tarkibida ko'plab kuchli futbolchilar bor. Shomurodov g'aqida gapiradigan bo'lsak, u bo'yi baland bo'lgan kuchli futbolchi. U yakkka kurshlarda ajoyib o'ynaydi. Ertaga unga nisbatan chora topamiz deb o'ylayman.

– O'zbekiston terma jamoasiga nisbatan qanday shemaa o'ynamoqchisiz?

– Qaytaraman, O'zbekiston terma jamoasi juda kuchli. Raqibning o'yin uslubiga qarab o'ynaymiz. Bizda ko'plab variantlar bor.

Bosh sahifa
Saytimiz Rivoji uchun !!!
Online: 0/71
Statok.netwaplog