Xayrli kech, fanatdosh!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tafsiya etamiz
Zlatan Ibragimovich: «Italiyaga yoki boshqa bir Evropa chempionatiga qaytishni istayman»

"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Evropa chempionatlaridan biriga qaytish istagini bildirdi.

- Men Italiyaga yoki boshqa Evropa chempionatiga qaytishni xohlayman - Sky Sport Italia 38 yoshli futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi.

- Men hamon o'yinlar natijasini yakka o'zim hal qila oladigan holatdaman. Ishonamanki, A seriyasida o'zimni hozirda o'ynab yurganlardan ko'ra yaxshiroq ko'rsatgan bo'lardim.

Mening "Los-Anjeles" bilan shartnomam dekabrda tugaydi va hozircha faoliyatimni qaerda davom ettirishni bilmayman.

Ma'lumot uchun Ibragimovich 2018 yildan beri "Los-Anjeles Gelaksi"da o'ynab kelmoqda.

Futbolchi MLS doirasida 56 ta o'yin o'tkazib, 52 ta gol urishga erishdi.

Bosh sahifa
Saytimiz Rivoji uchun !!!
Online: 0/84
Statok.netwaplog