CORE ERROR: Language file _core.lng is missing

Xayrli kun, fanatdosh!
|
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor". Liga Kubogi prevyusi

Ilk bor o'tkazilayotgan Liga Kubogi yarim finalida jamoamiz Qo'qonda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi.

Ushbu musobaqa birinchi marta tashkil etildi va yarim finalda "Paxtakor" safarda "Qo'qon-1912" qarshiligini engishga urinib ko'radi. Finalga yo'llanma qo'lga kiritilgan taqdirda jamoamiz ichki musobaqalarning barchasida g'olib chiqib, trebl qayd etish imkoniyatiga ega chiqadi.

Liga Kubogi guruh bosqichi doirasida Toshkentda jamoalar to'qnash kelishgan va o'shanda qo'qonliklar 4:0 hisobida zafar quchishgandi. Superliga bahslarining har ikkisida esa "Paxtakor" kuchliroq ekanligini isbotlagandi. Final yo'llanmasi uchun kurash ham keskin kechishiga shubha yo'q.

Bellashuvni Jasur Muxtorov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 22 oktyabr, seshanba kuni Qo'qondagi Markaziy stadionda 15:00da boshlanadi.

 “QO'QON-1912” – “PAXTAKOR”

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov.

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Bosh sahifa
Online: 1/18