CORE ERROR: Language file _core.lng is missing

Xayrli kun, fanatdosh!
|
REKLAMA
Roy Kin: “MYu” futbolchilaridan jirkanaman”

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Roy Kin  "Liverpul" klubiga qarshi (1:1) o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng, “MYu” futbolchilarini keskin tanqid ostiga oldi.

"Men ulardan jirkanaman. Sizlar urushga ketyapsizlar, ular tunnel yonida turib, quchoqlashib ko'rishishmoqda. Ular bilan sizlarni jang kutmoqda.

Futbol aytarli o'zgarmagan, futbolchilar o'zgargan xolos. Sizlar raqib futbolchilari bilan urushga ketyapsizlar. Sizlar bo'lsa ular bilan quchoqlashib turibsizlar. O'yindan keyin ko'rishib, gaplashish kerak, hatto, gaplashmanglar ham", - Kinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Eslatib o'tamiz, o'yindan oldin tunnel yonida David De Xea Alisson bilan, shuningdek, Braziliya terma jamoasi a'zolari - Roberto Firmino, Fabino, Fred, Andreas Pereyra, Angliya terma jamoasi futbolchilari - Trent Aleksander-Arnold, Markus Reshford, Shotlandiya terma jamoasi a'zolari - Endryu Robertson, Skott Maktomineylar birgalikda suhbatlashib turishgandi.

Bosh sahifa
Online: 0/53
Statok.netwaplog