Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
REKLAMA
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Namangan viloyatida bo'lishdi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi futbol mutaxassislari guruhi Namanganga bordi. O'FA mutaxassislari Namangan viloyat sport boshqarmasi boshlig'i Shokirjon Qoraboev, Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshaev,  "Navbahor" futbol klubi vitse-prezidenti Oybek Samatov, Namangan viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi  direktori G'anisher Ismoilov bilan birgalikda viloyatdagi futbol ob'ktlarini ko'zdan kechirishdi. "Navbahor" stadioni, zaxira maydoni va u erda yaratilgan sharoitlarni o'rganib chiqishdi. Shuningdek, viloyat bo'ylab barcha futbol maktablari, BO'SM, BO'FM, futbol akademiyasi va unga qarashli bo'lgan "Yosh kuch" stadionida bo'lib, yoshlarning mashg'ulotlari jarayoni, maydonlar holati, stadionlardagi qulayliklar, futboldan tashqari vaqtdagi bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Viloyat futbolining rivoji, bolalar va o'smirlar futboli, ommaviy futbolni yangi bosqichga olib chiqish masalalarida mutaxassislar bilan fikr almashildi hamda bu ishlarni samarali amalga oshirish borasida ish rejasi tuzildi.

Bosh sahifa
Online: 2/83
Statok.netwaplog