Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
REKLAMA
Bendtner: “Vengerni qattiq haqorat qilgan edim”

Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Niklas Bendtner Arsen Venger bilan bo'lib o'tgan nizo haqida eslab o'tdi.

Arsen Venger 2013 yili Bendtnerni «Kristal Pelas» klubiga o'tishiga qarshilik qilgani uchun haqorat qilgan edi.

«Mening «Arsenal»dagi so'nginni kunimni nishonlayotgan edik. Men mehmonxonada Vengerning imzosi bor hujjatni faks orqali kutib o'tirgan edim. Yonimda agentim Tom Bruks va «Kristal Pelas» vakillari bor edi. Biz mehmonxonada deyarli bir kun kutdik. Men bezovta bo'lib, xotirjam o'tira olmay, uyoqdan buyoqqa yurardim. Nega ular faoliyatimdagi yangi bosqichni boshlashim haqida aytmadi yoki qo'ng'iroq qilishmadi?

Soat 20:00larda Venger qo'ng'iroq qildi. U gapni qisqa qildi: «Biz o'zimiz xohlagan hujumchini sotib ola olmadik, shu bois zahirada bo'lasan” dedi. Mana sen kelasi yili qiladigan ish». Telefon qo'limda, agentimga qaradim, u bo'lsa elkasini qisdi. Shunday so'ng, Vengerga qo'ng'iroq qilib juda uyatli so'zlar bilan so'kkan edim», —Bendtnerning kitobidan iqtibos keltirmoqda Bold.dk.

Bosh sahifa
Online: 0/52
Statok.netwaplog