Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
REKLAMA
Kuchuk Xitoy klubini boshqarishi mumkin

Rossiyaning «Lokomotiv» va «Rostova» klublari sobiq bosh murabbiyi Leonid Kuchuk xizmatlariga Xitoyning «Beytszin Goan» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaning tarqatgan xabariga qaraganda, belorussiyalik mutaxassis qishda Xitoyga yo'l oladi.

— «Beytszin Goan» klubi rahbariyati jamoaning natijalari salbiy bo'lgan taqdirda Kuchukni jamoaga olib kelishi mumkin. «Beytszin Goan» klubi oldida mamlakat chempionligini qo'lga kiritish vazifasi turibdi. Agar ushbu vazifa uddalanmasa, u holda jamoani Leonid Kuchuk boshqaradi, — dedi manba.

60 yoshli mutaxassisning o'zi esa ushbu xabar haqida izoh bermasligini aytdi.

— Bu taklif haqida hech narsa eshitganim yo'q. Shu bois bu boradi sizga hech narsa ayta olmayman, — dedi Kuchuk.

«Beytszin Goan» klubi chempionat yakunlanishiga 3 tur qolgan ayni pallada turnir jadvalining uchinchi pog'onasini band etib turibdi. «Guanchjou» klubi esa ikki ochko ko'p jamg'argan holda turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

Bosh sahifa
Online: 0/75
Statok.netwaplog