Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
REKLAMA
AFC U19 saralash. O'zbekiston U19 ikkinchi o'yinda Afg'onistonni mag'lub etdi

Saudiya Arabistonida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining "F" guruhi saralash bosqichi o'yinlari davom etmoqda. O'zbekiston U19 terma jamoasi Af-oniston yoshlariga qarshi bahs olib borishdi.Otabek G'ulomxo'jaev jamoasi uchrashuv davomida ustunlikni qo'lga kiritib, tanaffusga qadar ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Odilbek Abdumajidov va Diyorbek Rahimqulov jamoamizning gollariga mualliflik qilishdi. Ushbu hisob o'yin oxirigacha boshqa o'zgarmadi.Ushbu g'alabadan keyin terma jamoamiz 6 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi o'yinni 10 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:05da boshlanadi.Ma'lumot o'rnida. O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezboni sifatida qit'a birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. Jamoamiz o'z guruhida yo'llanma taqdim etuvchi o'rinni egallasa, saralash guruhlarida 2-o'rinni egallagan beshinchi jamoaga ham yo'llanma taqdim etiladi.U-19  Osiyo Chempionati-2020 saralashiAfg'oniston – O'zbekiston 0:2 Gollar: Odilbek Abdumajidov (36), Diyorbek Rahimqulov (41).O'zbekiston U-19: Abduvohid Ne'matov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Ulug'bek Xoshimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Diyor Ramazonov, Ruslan Roziev, Muzaffar Olimjonov, Xurshidbek Ubaydullaev, Diyorbek RahimqulovZaxira: Saidazamat Mirsaidov, Davron Anvarov, Alibek Davronov, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Behzod Shamsiev, Asadullaxon Polvonov, Eldorbek Begimov, Islomjon Abdullaxonov, Muhammadqodir,  Rahimberganov Otabek Jo'raqo'ziev

Bosh sahifa
Online: 0/57
Statok.netwaplog