Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
Koutino «Bavariya»da qolishni istaydi

«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutino ijara shartnomasi yakuniga etganidan keyin ham Myunxenda qolish istagi borligini ma'lum qildi.«O'zimni «Bavariya»da juda yaxshi his qilyapman. Bu erda kamida bir yil qolishni rejalashtiryapman va o'z e'tiborimni jamoa o'yiniga qaratyapman. Agar barchasi yaxshi bo'lsa, bu erda yana qolishni xohlardim», – dedi braziliyalik futbolchi.Eslatib o'tamiz, Koutinoning transfer huquqi «Barselona»ga tegishli. "Bavariya" bir yillik ijara uchun 8,5 million evro to'ladi va kelishuvga ko'ra, myunxenliklar uning transferini 120 million evroga sotib olishlari mumkin. Yarim himoyachi ushbu mavsumda 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifa
Online: 0/30