Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
Ronaldu «Oltin to'p» marosimiga bormaydi

"Yuventus" jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu Parijdagi "Oltin to'p" marosimida qatnashmaslikka qaror qildi.

Futbolchi uning o'rniga Milanda bo'lib o'tadigan Italiya chempionatining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida qatnashadi.

Sport Mediaset nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi katta ehtimol bilan "Oltin to'p"ni Messi qo'lga kiritishi tufayli Parijdagi gala oqshomga bormaslikka qaror qilgan.

Ronaldo bu oqshom Milanda 2018/19 mavsumda A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi mukofotini qabul qilib oladi.

34-yoshli Krishtianu Ronaldu ushbu mavsum "Yuventus" safida 16 ta o'yin o'tkazib 7 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifa
Online: 0/28