Xayrli kun, fanatdosh!
Kirish | Ro'yxatdan o'tish
Pikening qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike yaqin kunlarda safga qaytadi, deya xabar tarqatdi Marca nashri.Manbaga ko'ra, ehtiyotkorlik yuzasidan jamoaning mashg'ulotida ishtirok etmadi. Boisi, u "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan Primeraning 15-turi doirasidagi o'yinda tizzasidan jarohat olib, zaxiraga olingan edi. Pike "Malorka"ga qarshi 7 dekabr kuni bo'ladigan o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda. 32 yoshli Pike ushbu mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Bosh sahifa
Online: 0/30