Parijda "Oltin to'p"ni topshirish marosimi bo'lib o'tmoqda. Mazkur sovrin uchun o'tkazilgan so'rovnomada yuqori to'rtta o'rinni egallagan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi. Ammo ularning qaysi pog'onani egallagani hozircha sir tutilmoqda.Demak, kuchli to'rtlik — Sado Mane ("Liverpul"), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Virjil van Deyk ("Liverpul") va Lionel Messi ("Barselona").Bir necha daqiqalardan so'ng 2019 yilgi «Oltin to'p» egasi aniq bo'ladi va sovrin o'z egasiga topshiriladi.